Muhlat: 1-iyun, 2021-yil

Kimlar uchun:  Magistratura bosqichida o’qishni hohlovchilar uchun

Manzil: AQSh

Dastur qaysi davlatlar uchun ochiq: barcha

AQShning Garvard biznes maktabida o’qish uchun Boustani Foundation 2021 tomonidan Garvard Universitetining MBA stipendiyasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Grant stipendiyasi 102,200 AQSh dollarini (yiliga 51,100 AQSh dollari) miqdoridagi moliyaviy yordamni o’quv to’lovlariga yo’naltiradi; hatto amaliyot bilan bog’liq bo’lgan sayohat va turar joy xarajatlariga ham.

Garvard MBA dunyodagi eng nufuzli universitetlardan birida o’qitiladigan dunyoning yetakchi biznes dasturlaridan biridir. Boustany MBA Garvard stipendiyasi har ikki yilda bir marta Garvard biznes maktabida ikki yillik kurs uchun beriladi.

Mazkur stipendiya 2021 yil kuzida boshlanadigan sinf uchun beriladi.

Boustani Foundation amaliyoti
Muvaffaqiyatli nomzodlar Jamg’arma bilan ikki oylik bepul haq to’lanmaydigan amaliyotni o’tashlari kerak bo’ladi. Loyihalar xilma-xil bo’lib, Jamg’arma faoliyati yoki uning hamkorlari faoliyati bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

  • Nomzodlar o’z sohasida a’lo baholarga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzodlar Garvard biznes maktabining MBA dasturiga qabul qilinganidan keyingina stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayoni:

  1. Agar siz hujjat topshirishni istasangiz, quyidagi elektron manzilga, shaxsiy CV nusxasini fotosurat bilan, GMAT ko’rsatkichi va universitetdan kelgan qabul xati bilan yuboring: admissions@boustany-foundation.org.
  2. Agar siz umumiy saralashdan o’tsangiz, sizni Fond bilan suhbatga taklif qilishlari mumkin.

To’liq ma’lumot uchun rasmiy havola ustiga bosing

Eng so’nggi yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!

Disklaymer: Pinboard.uz veb-sayti mavjud ma’lumotlarga asoslanib mushtariylarga qulaylik tug’dirish maqsadida mazkur yangiliklarni tarqatmoqda va shu bilan kutilmagan muqobil yoki noto’g’ri ma’lumotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Bu rasmiy sahifa emasligi sababli to’liq ma’lumot olish uchun sizga ma’lumotning asl manbasi bo’lgan rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz.

Categories: Magistratura