Muhlat: 15-mart, 2021-yil

Kimlar uchun:  Magistratura bosqichida o’qishni hohlovchilar uchun

Manzil: Shvetsariya

Dastur qaysi davlatlar uchun ochiq: barcha

Jeneva universiteti Ilm-fan fakultetiga tegishli har qanday yo’nalish bo’yicha magistrlik unvoniga ega bo’lishni istagan eng yaxshi va g’ayratli talabalar uchun Excellence stipendiya dasturiga asos soldi.

Jeneva Universitetining Ilm-fan fakulteti xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi tadqiqot muassasasidir. Ushbu zamonaviy tadqiqotlar ko’plab ilmiy fanlarni o’z ichiga oladi: astronomiya, biologiya, kimyo va biokimyo, informatika, matematika, fizika, farmatsevtika fanlari, yershunoslik va atrof-muhit. Fakultet yuqori raqobatbardosh Shveytsariya milliy fanlar fondi (Kimyoviy Biologiya; SwissMAP; Sayyoralar) tadqiqotlari bo’yicha uchta milliy vakolat markazlarini hamda ko’plab Yevropa tadqiqot loyihalariga mezbonlik qiladi. Magistrlik dasturlari to’liq ingliz tilida yoki fransuzcha (har bir dasturning tavsiflarini ko’ring) bo’ladi.

Jeneva Excellence dasturi yiliga har bir g’olibga 10000 dan 15000 Shvetsariya frankigacha stipendiya ajratadi(o’qitish majburiyati yo’q). Mazkur stipendiyani keyingi o’quv yili uchun cho’zdirish uchun faqatgina birinchi semestrni a’lo baholarda tamomlash lozim.

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

  • Siz tanlagan magistrlik yo’nalishi qabul qilish mezonlariga javob berishingiz va Excellence dasturiga ariza asosida tanlangan bo’lishingiz kerak..
  • Arizani ko’rib chiqilishi uchun har bir talaba qabul komissiyasining veb-saytida ko’rsatilgan tarzda ro’yxatdan o’tish tartibini bajarishi kerak: https://www.unige.ch/admissions/en/guide/

Ariza topshirish jarayoni:

  1. Rasmiy havola ustiga bosib onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Eng so’nggi yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!

Disklaymer: Pinboard.uz veb-sayti mavjud ma’lumotlarga asoslanib mushtariylarga qulaylik tug’dirish maqsadida mazkur yangiliklarni tarqatmoqda va shu bilan kutilmagan muqobil yoki noto’g’ri ma’lumotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Bu rasmiy sahifa emasligi sababli to’liq ma’lumot olish uchun sizga ma’lumotning asl manbasi bo’lgan rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz.

Categories: Magistratura