Muhlat: 25-fevral, 2021-yil

Kimlar uchun: 15-30 yoshlar orasidagi barcha uchun

Manzil: onlayn tarzda bo’lib o’tadi

Dastur qaysi davlatlar uchun ochiq: barcha

Bugungi kunda 15 dan 24 yoshgacha bo’lgan 1,2 milliard yoshlar mavjud bo’lib, ular dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi. Inklyuziv va barqaror jamiyatlarga erishish uchun yoshlarning barqaror rivojlanish sa’y-harakatlariga faol qo’shilishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu pandemiya davrida Asia Youth Speak Up Forumi Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini (SDGs) qo’llab-quvvatlash uchun ajoyib global dastur bo’lib xizmat qiladi, chunki Barqaror Rivojlanish Maqsadlari hali ham ushbu yillarda birlamchi maqsadlaridan biri bo’lib qolmoqda.

ASIA YOUTH SPEAK UP FORUM – bu butun dunyodagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo’llab-quvvatlash va harakat qilishni istagan yoshlar uchun forum. Ushbu forumga hamma ishtirok etishi mumkin.

Forum jadvali:

  • BMT HABITAT Janubiy Koreya tomonidan yoshlar uchun trening
  • SDGs Academiyasi tomonidan Global Goals yoshlar treningi
  • Koreyalik SDGs faollari tomonidan GGS Action 101 treningi
  • Guruh taqdimoti

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

  • 15-30 yoshgacha bo’lgan yoshlar;
  • Barqaror Rivojlanish Maqsadlarida faollik;
  • Izlanuvchan vaa yangi jabhalarni o’rganishga chanqoqlik;
  • Ingliz tili bo’yicha talab yo’q;

Ariza topshirish jarayoni:

  • Berilgan havola orqali ariza topshiring.
  • Elektron pochtangizga kelgan avtomatik tasdiqlash xatini oching.
  • To’lovni amalga oshiring (PAYPAL / Bank o’tkazmasi).
  • hi@globalgoalsyouth.org manziliga to’lovni tasdig’ini jo’nating.

Rasmiy havola ustiga bosib batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Eng so’nggi yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!

Disklaymer: Pinboard.uz veb-sayti mavjud ma’lumotlarga asoslanib mushtariylarga qulaylik tug’dirish maqsadida mazkur yangiliklarni tarqatmoqda va shu bilan kutilmagan muqobil yoki noto’g’ri ma’lumotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Bu rasmiy sahifa emasligi sababli to’liq ma’lumot olish uchun sizga ma’lumotning asl manbasi bo’lgan rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz.

Categories: Konferensiyalar