Muhlat: 6-may, 2021-yil

Kimlar uchun:   Nodavlat Notijorat tashkilotlar shuningdek, kollej, litsey va maktab o’quvchilari uchun

Dastur qaysi davlatlar uchun ochiq: Amerika, Evropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Afrikaning Saxaradan keyingi qismi, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani

Dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirishi mumkin bo’lgan noyob yechimlar va texnologiyalarni taqdim etilishida o’z hissasini qo’shgan Zayed Barqarorlik Mukofoti bu yilgi tanlov uchun nomzodlar qabul qilishni boshladi.

2009 yildan beri mazkur mukofot 86 nafar nomzodga topshirildi. G’oliblarning barqarorlik borasidagi takliflar va yechimlari hamda maktab loyihalari bugungi kunga qadar 352 milliondan ortiq odamga bevosita yoki bilvosita ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.

Sovrin jamg’armasi Abu-Dabi hukumatidan tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining asoschisi, otasi, marhum shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayyanning barqarorligi va insonparvarlik merosini sharaflash va davom ettirish maqsadida tashkil qilingan.

Masdar, Abu Dabining qayta tiklanadigan energiya kompaniyasi, Zayed Barqarorlik mukofotini boshqaradi. Mukofot ustida maxsus biriktirilgan jamoa butun yil davomida ishlaydi.

Umumiy mukofot jamg’armasi 3 million AQSh dollarini tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi:

Sog’liqni saqlash 600,000 AQSh dollari
Oziq-ovqat 600000 AQSh dollari
Energiya 600,000 AQSh dollari
Suv 600000 AQSh dollari
Global o’rta maktablar 600,000 AQSh dollari
(oltita maktabga bo’lingan; har birini 100000 AQSh dollarigacha mukofotlash ko’zda tutilgan)

Eng so’nggi yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

Nodavlat tashkilotlar uchun 5 yo’nalish (So’g’liqni saqlash, Oziq-ovqat, Energiya, Suv )mavjud bo’lib, mazkur sohalarni global masshtab rivojlantirish uchun o’z taklif va rejalarini taqdim etishlari, hamda shu sohalarida innovatsion, ta’sirchan va ilhomlantiruvchi barqarorlik yechimlarini namoyish etgan tashkilotlar bo’lishi talab etiladi. So’nggi yo’nalish bo’yicha esa individual intiluvchan o’smir yoshlar nomzod bo’la olishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayoni:

  1. Rasmiy havola ustiga bosib onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Disklaymer: Pinboard.uz veb-sayti mavjud ma’lumotlarga asoslanib mushtariylarga qulaylik tug’dirish maqsadida mazkur yangiliklarni tarqatmoqda va shu bilan kutilmagan muqobil yoki noto’g’ri ma’lumotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Bu rasmiy sahifa emasligi sababli to’liq ma’lumot olish uchun sizga ma’lumotning asl manbasi bo’lgan rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz.

Categories: Tanlovlar